07 mar 19:05
Yangiliklar
Dunyoning 42 davlati orasida nechanchi bo'ldik?
Sayyoramizning 5 qitasi 42 davlatidan 600 nafarga yaqin dzyudochilar ishtirok etgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi. Yakunda hamyurtlarimizdan O'tkirbek To'raboev (+100 kg) oltin, Rahimjon Subhonov (-66 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi. Bu medallar evaziga O'zbekiston dunyoning 42 davlati orasida 7-o'rinni egalladi.
Bizdan yuqorida joylashgan Ispaniya, Kanada va Portugaliya terma jamoalari hisobida ham 1 tadan oltin medal bo'ldi. Lekin bu uch mamlakat dzyudochilari kumush va bronza medallarga bizga nisbatan ko'proq ega chiqishdi.
Germaniya terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan birinchi bo'ldi. Ikkita oltin, 3 ta kumush va 1 bronza medaliga ega Franciya ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka 2 ta oltin medal bilan Bolgariya terma jamoasi yakun yasab berdi.
Fikrlar