02 iyu 15:33
Yangiliklar
Dushanbe Gran-Prisi. Aminova faoliyatida ilk bor finalda, Kadambaeva esa bronza uchun tatamiga chiqadi + FOTOGALEREYA
Bugun dzyudochilar 5 ta vazn toifasida medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib borishyapti.
Quvonarlisi, -57 kg vazn toifasida kurashayotgan hamyurtimiz SHukurjon Aminova faoliyatida ilk bor IJF turniri finaliga yo'l oldi. U 1/2 finalda xitoylik raqibasini mag'lubiyatga uchratdi. Xorazmlik dzyudochimiz kechki dasturda italiyalik Devid Kapanniga qarshi oltin medal uchun tatamiga chiqadi.
Yana bir xorazmlik dzyudochi qizimiz Sita Kadambaeva (-52 kg) esa bronza medali uchun bahs olib boradigan bo'ldi. Sita yarim finalda neytral bayroq ostida kurashayotgan rossiyalik Alesya Kuznecovaga 10 daqiqadan oshiq davom etgan murosasiz bellashuvda shido ogohlantirishlari evaziga yutqazib qo'ydi. Uning bronza medali uchun bahsdagi raqibasi BAA sharafini himoya qilayotgan Xorloodoy Bishrelt bo'ladi.
FINAL
SHukurjon Aminova (O'zbekiston) - Devid Kapanni (Italiya)
BRONZA UCHUN
Sita Kadambaeva (O'zbekiston) - Xorloodoy Bishrelt (BAA)
Fikrlar