16 iyu 20:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Dvalishvili 25 sentyabr kuni Moraes bilan jang qiladi
Gruziyalik UFC jangchisi Merab Dvalishvili 2021 yilning 25 sentyabr kuni oktagonga qaytadi.
Uning raqibi Marlon Moraes bo'ladi va jang UFC 266 turniri doirasida o'tkaziladi. Merab Dvalishvili oltitalik g'alabali seriya qayd etmoqda. Jangchi oxirgi marta 2021 yilning may oyida Kodi Stammanga qarshi jang o'tkazib ochkolar hisobiga g'alaba qozongandi.
Marlon Moraes esa 2020 yilning dekabr oyidan beri oktagonga chiqmagan. O'shanda u Rob Fontga texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar