13 okt 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Dvalishvili dekabr oyidayoq oktagonga qaytishi aytilmoqda, raqib eski tanish!
6 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida MMA bo'yicha UFC 323 turniri bo'lib o'tadi.
Xorijiy nashrlarning malum qilishicha, turnir doirasilda eng engil vazn toifasida UFC amaldagi chempioni bo'lib turgan gruziyalik Merab Dvalishvili rossiyalik sobiq chempion Petr Yan bilan to'qnash keladi.
Bu har ikki sportchi uchun o'zaro ikkinchi bellashuvga aylanadi. 2023 yil may oyida o'tkazilgan dastlabki bahsda Merab Dvalishvili hakamlarning yakdil qarori ila g'olib bo'lgandi.
34 yoshli Merab 5 oktyabr kuni AQSH vakili Kori Sendxagen bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Uning bo'lajak raqibi Petr Yan hozirda UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : Main Card
Fikrlar