15 mar 09:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Dvalishvili oktagonda Yan bilan nimalar haqida gaplashganini aytdi
Merab Dvalishvili jangdan keyin raqibi Petr Yanga nima deganini aytdi.
«Jangdan keyin men Petr bilan qo'l berib ko'rishib, balki bir kun kelib u bilan do'stlashib qolishimizni aytdim. Unga nisbatan shaxsiy adovatim yo'q, u oilali va men buni hurmat qilaman. Men fotosuratlarni ko'rdim, uning ajoyib oilasi bor. Lekin u bu jangdan saboq olishi, manmanlik qilmasligi kerak. Meni nol deydi, lekin nima bo'ldi? U jamoamizni hurmat qilmadi, lekin biz hammasini isbotladik. Sterling uni mag'lub etdi, men g'alaba qozondim. Yan hali ham yaxshi jangchi, ammo endi u kamtarroq bo'ladi», - dedi Dvalishvili matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar