07 dek 15:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Dvalishvili Umar chempionlik jangiga loyiq emasligini aytdi, Nurmagomedov esa shunchaki kulib qo'ydi (FOTO)
UFC chempioni Merab Dvalishvili Umar Nurmagomedovga qarshi bo'lajak jangi haqida gapirdi.
"Men Umarga qarshi urishaman, bu qattiq jang bo'ladi. Jangchi sifatida u kuchli, ammo chempionlik jangiga bog'liq emas. U qiyin janglar o'tkazgani yo'q. Sen eng zo'rlar bilan jang qilishing kerak, u esa faqat kurashni ham bilmaydigan Sendxagen bilan jang o'tkazdi. Ha, u yaxshi jangchi, lekin sen barcha bilan jang qilib, munosib ekanligingni isbotlashing kerak. Ammo men odamlar va UFC'ga ular istayotganini berdim! Ko'ramiz. Men chorlovlarni yaxshi ko'raman", - dedi Merab.
Umar Nurmagomedov esa bu gaplarga javoban shunchaki kulib qo'ydi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar