03 okt 13:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Dvalishvili Volkanovski bilan ikkinchi kamar uchun jang haqidagi savolga javob berdi
Eng engil vazn toifasi chempioni Merab Dvalishviliga yarim yangil vazn toifasi chempioni Aleks Volkanovski bilan jang qilish haqida savol berishdi.
"Bu men uchun boshlanishi. Men 40 yoshga to'lganimda ham jang qilmoqchiman. Janglarda davom etaman. Men hali ko'plab rekordlarni yangilashim kerak. Bo'lajak jang - bu uchun zo'r imkoniyat.
Volkanovski bilan ikkinchi kamar uchun jang? Men bir joyda turmayman, harakat qilmoqdaman. Ammo bilasiz, Volkanovski buyuk jangchi. Hozircha men faqat o'z kamarimni himoya qilishga bor etiborimni qaratganman", - dedi Dvalishvili.
Havola :
Manba : MMA Insight
Fikrlar