26 apr 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Dyu Plessining murabbiyi CHimaev bilan ehtimoliy jang haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
Drikus Dyu Plessining murabbiyi Morn Visserning malum qilishicha, CHimaev bilan jang uchun shartnoma hali imzolanmagan.
Avvalroq OAVda ushbu jang 29 iyun kuni UFC 317 turnirida bo'lib o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyin esa, Dyu Plessi jarohat olgani sababli jang bekor qilinishi mumkinligi aytildi.
"Biz hali shartnoma imzolamadik. SHuning uchun CHimaev bilan jang hali rasman tasdiqlanmagan", — dedi Visser Submission Radio efirida.
Havola :
Manba : Submission Radio
Fikrlar