17 avg 16:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Dyubua: "Usik - sayohatchi, uni mag'lub etish uchun boryapman"
Britaniyalik Daniel Dyubua ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi jangi haqida gapirdi.
"Bilasizmi, anderdog holatida bo'lish ajoyib. Doimo bosim bo'ladi, biroq bunga unchalik etibor qaratmayman. Anderdog sifatida men bosim his qilmayman, shunchaki chiqib, raqibning abjag'ini chiqarib tashlash kerak. Men superog'ir vaznidagi bokschiman, u esa sayohatchi. Buni isbotlab bersam bo'lgani. Ringda shunchaki sho'x bola bo'lishim kerak. 25 yoshga kirdim. Vaqtim keldi. G'alaba uchun boryapman. Barchasi shunday oddiy", - dedi Dyubua.
Eslatib o'tamiz, Usik va Dyubua o'rtasidagi jang 26 avgust kuni Polshaning Vroclav shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Boxing Social
Fikrlar