So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

22 fev 10:58
Yangiliklar

Dzyudo

Dyusseldorf "Katta Dubulg'a". Birinchi kungi ishtirokimiz qanday bo'ldi?

Teglar :  DyusseldorfDzyudo
Xabar berganimizdek, kecha Germaniyaning Dyusseldorf shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oldi.

Yilning hisob bo'yicha ikkinchi "Katta Dubulg'a" musobaqasida sayyoramizning 5 qitasi 120  davlatidan jami 718 (427 erkak, 291 ayol) dzyudochi, ular qatorida 15 nafar o'zbekistonlik polvonlar ham turnir medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishyapti. 

Kecha Dyusseldorf tatamilarida ayollar 3, erkaklar esa 2 ta vazn toifasida bahslarga kirishishdi. Hamyurtlarimizdan esa 5 nafari o'z mahoratini namoyish etdi. Kechagi kun doirasidagi eng yaxshi natijamiz 7-o'rin bo'ldi. Jahon chempionatining kumush medali sovrindori SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg) chorak finalga qadar etib bordi. Ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshlagan Lutfullaev gruziyalik Jaba Papinashvili, tunislik Fraj Doubini mag'lub etdi. CHorak finalda niderlandiyalik Tornike Cakadoeaga yutqazib qo'ydi. Bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida esa belgiyalik Xorre Verstraetendan engildi ishtirokini 7-o'rinda yakunladi. SHarofiddin Lutfullaev Dyusseldordagi ishtirokidan 260 reyting ochkosini ishlab oldi. 

Ushbu vaznda tatamiga chiqqan ikkinchi vakilimiz Kemran Nurillaev esa chorak final ostonasida jahon chempioni, yaponiyalik Naoxisa Takato tomonidan to'xtatildi. Aynan Takato yakunda musobaqaning oltin medalini qo'lga kiritdi. Kemran nimchorak finalga qadar nigeriyalik Solomon Oga, moldovalik Nikolay Fokadan ustun kelgan edi. 

-66 kg vaznda ham yurtimiz sharafini ikki dzyudochimiz - Muhriddin Tilovov va Diyorbek O'razboev himoya qildi. Muhriddin Tilovov serbiyalik Straxinja Bunchich, slovakiyalik Adrian Gombok, germaniyalik Sebastyan Seydlni mag'lubiyatga uchratdi. Ammo. chorak final chiptasi uchun kechgan bellashuvda ozarbayjonlik Orxan Safarovga yutqazib qo'ydi. 

Yaqindagina vaznini o'zgartirgan Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Diyorbek O'razboev to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichda bahslarga kirishdi va belaruslik Dmitriy SHershandan ustun keldi. Lekin uchinchi davrada bolgariyalik Bojidar Temelkovga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Afsuski, -52 kg vaznda tatamiga chiqqan o'smirlar o'rtasida jahon chempioni Diyora Keldiyorova ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Diyora ilk davra bellashuvida yoshlar o'rtasida jahon chempioni, Dyusseldorf turnirining o'tgan yilgi kumush medali sohibasi mo'g'ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurendan engildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing