So’nggi yangiliklar

10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0

04 apr 16:26
Yangiliklar

Dzyudo

Dyusseldorfni zabt etgan o'zbek o'g'loni bugun yana bir yoshga ulg'aydi

Bugun dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, -100 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan Muhammadkarim Hurramov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Muhammadkarim Hurramov - 1997 yilning 4 aprel kuni Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. Yani, polvonlar yurtidan! Dzyudo sport turini tanlashi tasodif emas. Vohaning aksariyat o'g'lonlari yo kurashchi, yoki dzyudochi bo'ladi.  

Tasodifni qarangki, bugun 23 yoshga to'lgan dzyudochimiz 23 fevral kuni Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o'tkazilgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirda barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibi hamda qimmatli 1000 reyting ochkosiga ega bo'lgandi. 

Musobaqa finaligacha Franciya, Latviya, Mo'g'uliston, Ozarbayjon, Braziliya vakillarini mag'lubiyatga uchratgan Muhammadkarim hal qiluvchi bellashuvda ozarbayjonlik Elmar Gasimovdan ustun kelgan edi. Dzyudochimiz ayni paytda Tokio-2020 Olimpiadasi reytingining yo'llanma zonasida bormoqda.  

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, murabbiylar shtabi va sportchilar nomidan Muhammadkarim Hurramovni bugungi tavallud ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Unga sihat-salomatlik, uzoq umr, oila azolari baxtiga hamisha sog' bo'lib yurishini tilaymiz. Sportchilik faoliyatida esa Olimpiada medalini qo'lga kiritishiga tilakdoshmiz va bunga ishonamiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing