17 sen 18:39
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo bayrami yaqin! Toshkent Gran-prisiga 3 kun qoldi
Xabaringiz bor, 20-22 sentyabr kunlari poytaxtimizdagi “Humo Arena” ko'p tarmoqli muz saroyi dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisiga mezbonlik qiladi.
Bu yilgi Gran-pri turniriga sayyoramizning 70 ga yaqin mamlakatidan 500 nafardan ziyod sportchi medallar bilan birga Tokio Olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun ham bahsga kirishadi. Ayni paytda tashkiliy qo'mita katta dzyudo bayramini yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha so'nggi tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.
Reja bo'yicha 19 sentyabr kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida musobaqaga qura tashlash va vazn o'lchash marosimi o'tkaziladi. SHuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani ham tashkil etiladi. Matbuot anjumani oldidan jurnalistlarga Toshkent Gran-prisini yoritish huquqini beruvchi akreditaciyalar topshiriladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar