06 iyu 17:23
Yangiliklar
Dzyudo bo'yicha ayollar terma jamoasining Olimpiadaga tayyorgarlik rejasi tasdiqlandi + FOTOGALEREYA
Ushbu yig'in 10 iyunga qadar davom etadi. Reja bo'yicha 11 iyundan o'quv-mashg'ulot yig'ini Xorvatiyaga ko'chadi. Ushbu mamlakatning dengiz bo'yidagi turistik salohiyatga ega Porech shahrida tashkil etiladigan mashg'ulotlarning 20 iyungacha o'tkazilishi rejalashtirilgan.
SHundan so'ng, O'zbekiston ayollar terma jamoasi 20 iyundan 6 iyulga qadar dzyudo vatani Yaponiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettiradi. Parij-2024 Olimpiadasi oldidan so'nggi yig'in 6-14 iyul kunlari yurtimizda tashkil etiladi. Poytaxt viloyatining tog'li hududidagi yig'inda asosiy etibor tiklanish, funkcional tayyorgarlikka qaratiladi. Dzyudochilarimiz tibbiy tekshiruvdan o'tkaziladi.
Terma jamoamiz 14 iyul kuni Franciyaga jo'nab ketadi va 25 iyulga qadar Parij -2024 Oliimpiadasiga yakuniy tayyorgarlikka kirishadi.
Fikrlar