08 iyu 12:11
Yangiliklar
Dzyudo

Dzyudo bo'yicha o'smirlar terma jamoamiz Sochi va Goriga jo'nab ketdi
O'zbekiston kadetlar terma jamoasining Samarqand viloyati Toyloq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etgan mashg'ulotlari yakuniga etdi.
Bugun tongda qizlar terma jamoamiz xorij yig'iniga yo'l oldi. Kadetlarimiz 8-22 iyul kunlari Rossiyaning Sochi shahrida o'tkaziladigan xalqaro mashg'ulotlarda tayyorgarlikni davom ettirishadi.
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham qizlarimiz singari xorij yig'iniga jo'nab ketdi. Kadetlarimiz 8-22 iyul kunlari Gruziyaning Gori shahrida mashg'ulot o'tkazishadi.
Ushbu xorij yig'inlari terma jamoalarimiz uchun 3-4 iyul kunlari Qozog'istonda o'tkaziladigan Almaty Cadets Asian Cup 2025 turniriga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar