10 iyu 12:37
Yangiliklar
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Xorvatiyaga jo'nab ketdi
Endi Marko Spittka shogirdlari Xorvatiyaning dengiz bo'yidagi Porech shahrida 20 iyungacha o'tkaziladigan o'quv-mashg'ulot yig'inida Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Xorvatiyaga yo'l olgan tarkib: Halimajon Qurbonova, Diyora Keldiyorova, SHukurjon Aminova, Fotima Tursunboeva, Gulnoza Matniyazova, Irisxon Qurbonboeva, SHinar Ibraeva
Murabbiylar - Marko Spitka, Miki Tanaka
SHifokor - Stromm Nelli
SHundan so'ng, 20 iyundan 6 iyulga qadar dzyudo vatani Yaponiyada o'quv-mashg'ulot yig'ini davom ettiriladi. Keyingi mashg'ulot 6-14 iyul kunlari yurtimizda tashkil etiladi. Poytaxt viloyatining tog'li hududidagi yig'inda asosiy etibor tiklanish, funkcional tayyorgarlikka qaratiladi. Dzyudochilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
Terma jamoamiz 14 iyul kuni Franciyaga jo'nab ketadi va 25 iyulga qadar Parij -2024 Oliimpiadasiga yakuniy tayyorgarlikka kirishadi.
Fikrlar