So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

22 noy 07:12
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo bo'yicha O'zbekiston chempionatining ilk kuni 4 ta vaznda g'oliblar aniqlandi FOTOGALEREYA

Kecha "Jizzax Kibersport arena"si dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati boshlandi.

Mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan saralanib kelgan 400 nafarga yaqin dzyudochi medallar uchun bahs olib boryapti. Musobaqaning ilk kuni erkaklar -60, -66 kg, ayollar esa -48 va -52 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi. 

Kutilganidek, ayollar o'rtasida -52 kg vazn toifasida amaldagi mamlakat chempioni Gulhayo Jo'raeva oltin medalni qo'lga kiritdi. Qashqadaryolik dzyudochimiz finalda So'g'diyona Rafkatovadan ustun keldi. Taqdirlash marosimida -52 kg vazn toifasida Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorovaning ishtirok etgani etiborga molik holat.  

Erkaklar o'rtasida -60 kg vazn toifasidagi bellashuvlar murosasiz kechdi. Buxorolik dzyudochilar Anvarjon Ibrohimov va Murodil Murodilloev o'rtasida kechgan final bahsida Ibrohimovning qo'li baland keldi. Yana bir buxorolik dzyudochi Bahrom Boturov bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

-66 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda 53 nafar ishtirokchi medallar uchun kurashga kirishdi. Yakunda tajribali raqiblarini ortda qoldirgan navoiylik Azizbek Ortiqov O'zbekiston chempioni bo'ldi. U finalda istedodli dzyudochimiz Zamahshariy Bekmurodovdan ustun keldi. Kurash bo'yicha Osiyo va jahon chempioni Artyom SHturbabinning bronza medalini qo'lga kiritgani bu vaznda yana bir davogar paydo bo'lganini ko'rsatmoqda. 

O'zbekiston chempionati. Birinchi kun g'olib va sovrindorlari!

-48 kg vazn toifasi (29 ishtirokchi)

1. Laziza Haydarova (Navoiy)

2. Ruhshona Alisherova (Buxoro)

3. Fotimaxon Tursunboeva (Namangan)

3. Ulbusin Hakimova (Sirdaryo)

     

-52 kg vazn toifasi (21 ishtirokchi)

1. Gulhayo Jo'raeva (Qashqadaryo)

2. So'g'diyona Rafkatova (Xorazm)

3. Zarina Jamalova (Toshkent viloyati)

3. Umida Jumaniyazova (Qoraqalpog'iston)


-60 kg vazn toifasi (51 ishtirokchi)

1. Anvarjon Ibrohimov (Buxoro)

2. Murodil Murodilloev (Buxoro)

3. Bahrom Boturov (Buxoro)

3. Asadbek Misirov (Toshkent viloyati)


-66 kg vazn toifasi (53 ishtirokchi)

1. Azizbek Ortiqov (Navoiy)

2. Zamahshariy Bekmurodov (Buxoro)

3. Abdurahim Nutfullaev (Toshkent viloyati)

3. Artyom SHturbabin (Toshkent)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing