So’nggi yangiliklar

09:05Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади 0 08:34Дёрн UFC 338 турнирида чемпионлик камарини ҳимоя қилади 0 08:03Жавоҳир Синдаров: "Баъзи нарсалар устида ишлашим керак" 0 07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0 17:44Рамазон Темировдан нокаут бўлган Чарльз Жонсон ҳамюртимизни яна танқид қилди 0 17:08МЮ Саудия Арабистони чемпионатидан футболчи сотиб олмоқчи 0 16:30Гандбол. Осиё чемпионатида Қозоғистонга мағлуб бўлдик 0 15:45Даниэль Дюбуа WBO титулини кимдан ҳимоя қилиши маълум бўлди 0 15:02Нодирбек Абдусатторов Лондон турнирини ғалаба билан бошлади 0 14:26"Реал" 2026/27 йилги Чемпионлар Лигаси плей-офф босқичига биринчи бўлиб йўл олди 0 13:59Гукеш ва Синдаров Жаҳон тожи учун баҳсдаги вақт назорати ҳақида фикр билдиришди 0 13:12Жаҳон чемпиони Қувончбек Исмоиловга уч хонали уй совға қилинди 0

26 avg 11:07
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo bo'yicha terma jamoamiz yangi bosh murabbiy qo'l ostida Lausanne Grand Slam 2026 turniriga yo'l oldi (To'liq tarkib)

28-30 avgust kunlari SHveycariyaning Lozanna shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tadi.

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 5 qitasi 78 davlatidan kelgan jami 529 nafar (315 erkak, 214 ayol) dzyudochi umumiy 14 ta vazn toifasida medallar uchun tatamiga chiqadi. Bugun O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Lozanna turnirida qatnashish uchun SHveycariyaga jo'nab ketdi.   

Darvoqe, erkaklar terma jamoasida yangi bosh murabbiy ish boshladi. Gruziyalik mutaxassis Lasha Gudjedjiani O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ilk turnirida ishtirok etadi. U 2020 yilning 1 dekabridan shu yilning iyuligacha Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan edi.   

Uning qo'l ostida Gruziya terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiadasida 1 ta oltin, 3 ta kumush, Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida esa 1 ta oltin, 2 ta kumush medal qo'lga kiritgan edi. 2025 yilda esa uning qo'l ostidagi Gruziya jahon chempionatining jamoaviy bahslarida chempion bo'lib, tarixiy natija qayd etdi. Lashaning o'zi sportchilik davrida ikki bor jahon chempionati sovrindori bo'lgan.


Lausanne Grand Slam 2026 turniri uchun tarkibimiz:

-60 kg: Samariddin Qo'chqorov

-60 kg: Bahrom Boturov

-66 kg: Abdurahim Nutfulloev

-66 kg: Azizbek Ortiqov 

-81 kg: Arslonbek Tojiev 

-90 kg: Nurbek Murtazoev

-90 kg: Umar Bozorov

-100 kg: Ernazar Sarsenbaev 

-100 kg: To'lqinbek Turdiev 

+100 kg: Muzaffarbek To'raboev

Murabbiylar - Lasha Gujejiani, Iskandar Rasulov, Rahim Subxonov


QIZLAR

-48 kg: Laziza Haydarova

-48 kg: Ulbusin Hakimova 

-52 kg: Sita Kadambaeva 

-52 kg: So'diyona Rafkatova 

-63 kg: Marjona Nurulloeva 

-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva 

-70 kg: SHirinjon Yuldasheva 

-78 kg: Barchinoy Qodirova 

-78 kg: Marjona Ko'chimova 

+78 kg: Umida Nig'matova 

+78 kg: Irisxon Qurbonboeva   

Murabbiylar - Andrey SHturbabin, Olimboy Olimov, Ulug'bek Azizov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing