So’nggi yangiliklar

13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0

21 sen 16:46
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimiz dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda.

Bundan bir necha daqiqa avval "Humo Arena"da musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduhakimov, Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) bosh sport direktori Vladimir Barda so'zga chiqdi. 

Vladimir Barda Toshkent Gran-prisini yuqori saviyada o'tishini taminlayotgan O'zbekiston Respublikasi hukumati, mamlakat dzyudo federaciyasi hamda homiylarga Xalqaro dzyudo federaciyasi nomidan minnatdorchilik bildirdi. 

Aziz Abduhakimov o'z so'zida ettinchi marotaba poytaxtimiz mezbonligida tashkil etilayotgan ushbu nufuzli turnirning ilk bor muhtasham, ko'p tarmoqli "Humo Arena"da o'tkazilayotgani, bugungi kunda 33 mingdan ziyod kishi bevosita dzyudo bilan shug'ullanayotganini alohida urg'uladi. 

SHuningdek, Toshkent Gran-prisining tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O'zbekison Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, vazirning birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etishdi.

SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi hamda Xalqaro dzyudo federaciyasining madhiyasi yangradi. Milliy cholg'ularimiz - karnay-surnay va doira sadolari "Humo Arena"ni larzaga keltirdi.

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing