So’nggi yangiliklar

10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0

08 apr 12:24
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo bo'yicha Toshkentda o'tajak jahon chempionati Tokio Olimpiadasining saralashi bosqichiga kiritilishi mumkin

Koronavirus inqilobi sabab butun dunyo sportidagi musobaqalar katta o'zgarishlarga yuz tutmoqda.

SHu sababli bu yil o'tishi rejalashtirilgan Tokio Olimpiadasi ham bir yilga qoldirildi. Biz uchun 2021 yil dzyudo bo'yicha Toshkent mezbonlik qiladigan jahon chempionatining qachon o'tishi ko'proq ahamiyatli. Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Marius Vizer dzyudo sportining yaqin kelajagi haqida murojaat bilan chiqar ekan, bu mavzuga ham alohida to'xtalib o'tdi.

“2021 yilgi jahon chempionati ham Tokio Olimpiadasining saralash bosqichi doirasiga kiritilishi mumkin. Ammo barchasi virus pandemiyasining butun dunyo bo'ylab qachon yakuniga etishiga qarab hal bo'ladi. SHuni aniq aytishimiz mumkinki, Qatarda o'tadigan Masters turniri kvalifikacion darajani saqlab qoladi”, – dedi Marius Vizer.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Tokio Olimpiadasining yangi muddatini 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgust kunlariga belgiladi. Dzyudo bo'yicha jahon chempionatlari esa har yili avgust oyining so'ngida o'tkaziladi. SHu bois agar Toshkentda o'tadigan jahon chempionati kvalifikacion musobaqalar orasiga kiritilsa, tashkilotning yangilangan taqvimida katta ehtimolda 2021 yilning may oyigacha o'tishini kutish mumkin. SHuningdek, dunyo birinchiligini joriy yil kuzda poytaxtimizda o'tadigan Gran-pri musobaqasi bilan o'rnini almashtirish varianti ham yo'q emas.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati g'olibi Olimpiya va jahon reytingi uchun 2000 ochkoga ega bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing