24 iyu 15:20
Yangiliklar
Dzyudo

Dzyudo. Diyora Keldiyorova “Katta Dubulg'a” g'olibasi!
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turniri o'tkazilmoqda.
Quvonarlisi, -52 kg vazndagi vakilamiz Diyora Keldiyorova musobaqada finalgacha etib keldi. U yarim finalda portugaliyalik Joana Diogoni ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Finalda esa u rossiyalik Alesya Kuznecovaga qarshi bahs olib bordi va raqibasidagi uchta shido evaziga g'alabaga erishdi.
Ushbu g'alaba orqali Diyora "Katta Dubulg'a" oltin medalini qo'lga kiritdi va qimmatli Olimpiada ochkolarini o'z hisobiga qo'shib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar