11 apr 16:16
Yangiliklar
Dzyudo. Ertaga Toshkentda Osiyo Kubogi start oladi
“Universal” sport saroyi majmuasida o'tkaziluvchi ushbu musobaqa Uchqun Murodov xotirasiga bag'ishlab ham tashkil etilmoqda. Musobaqada 2 qitaning 6 davlatidan jami 245 ishtirokchi (161 o'smir va 84 qiz) sovrinli o'rinlar uchun tatamiga chiqishadi.
Tashkent Cadet Asian Cup 2019 musobaqasida yurtimiz dzyudochilaridan tashqari Rossiya, BAA, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'iziston terma jamoasi azolari ham medallar yo'lida bahs olib borishadi. Eng ko'p ishtirokchilar sifatida O'zbekiston (111) va Qozog'iston (82) qayd etilgan.
Vazn toifalari:
O'smirlar: -50 kg (16 ishtirokchi), -55 kg (26), -60 kg (27), -66 kg (26), -73 kg (18), -81 kg (16), -90 kg (16), +90 kg (16)
Qizlar: -40 kg (6 ishtirokchi), -44 kg (12), -48 kg (9), -52 kg (9), -57 kg (12), -63 kg (14), -70 kg (12), +70 kg (10).
Fikrlar