26 iyu 18:31
Yangiliklar
Dzyudo. Lutfullaev finalda, Tilovov bronza uchun kurashadi
-60 kg vazn toifasidagi terma jamoamiz azosi SHarofiddin Lutfullaev final uchrashuvi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Lutfullaev yarim final bellashuvida mo'g'ulistonlik raqibi Ariunbold Enxtayvanni ikki daqiqada ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratdi va finalga chiqdi. Bu bilan u kamida kumush medalni naqd qildi.
Ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshlagan SHarofiddin avvaliga sloveniyalik Matyaj Trbovich, keyin esa turkmanistonlik Haqberdi Jumaev, qozog'istonlik Dauren Syukenovni engishga muvaffaq bo'lgandi.
-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan dzyudochimiz Muhriddin Tilovov yarim final uchrashuvida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Muhriddin yarim finalda ispaniyalik Alberto Martin Gayteroga qo'shimcha bo'limda, yani oltin ochko uchun kechgan bahsda yutqazib qo'ydi. Endi Tilovov franciyalik Kilian le Blouchga qarshi tatamiga chiqadi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar