So’nggi yangiliklar

13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0

21 dek 21:39
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Medaldan mahrum bo'lgan SHturbabin, bronza bilan cheklangan Nurillaev. CHempionlik kimga nasib etdi?

Bugun start olgan dzyudo musobaqasi bizga ajoyib bahslarni taqdim etdi.

CHempionlikka asosiy davogarlar orasida ayovsiz kurashlar bo'lib o'tdi. Jumladan -66kg vazn toifasidagi bahslar murosasizligi bilan ajralib turdi. Aynan ushbu vaznda kechgan bellashuvlarga etiboringizni qaratmoqchimiz. 

CHempionlikka qadar g'oliblikka davogar Muhiddin Tilovov chorak finalda jiddiy raqib Bobur Vajiyev bilan murosasiz jang olib bordi. Kurash “Golden Scort”gacha bordi. Yakunda esa Tilovovning tajribasi qo'l keldi va aynan u yarim finalga yo'l oldi. 

Yana bir chorak final Artyom SHturbabin va Sardor Nurillaev o'rtasida kechdi. Finalga taqqoslasa bo'ladigan baxs SHturbabinning "ippon"i bilan yakunlandi. Ammo yarim finalda Artyomni jiddiy raqib Rahim Subhonov ikkita “vazari” evaziga finaldan maxrum qildi. 

Ikkinchi yarim finalda Tilovov Bahrom Boturovga qarshi tatamiga chiqdi. Ushbu to'qnashuvda Boturov Tillovovni yarim finalda qoldirishi mumkin edi. Ammo takidlaganimizdek, tajriba o'z so'zini aytdi va oxirgi 10 soniyada Tilolov g'alabani ilib ketdi. 

Final oldidan uchinchi o'rin uchun Sardor Nurillaev Bahrom Boyqulov kurashdi. Teng kurashlar ostida o'tgan bahsda Nurillaev raqibidan ustun keldi va uchinchi o'ringa ega chiqdi. Navbatdagi bronza medali uchun bahsda chempionlikka davogar sifatida etirof etilgan Artyom SHturbabin uchinchi o'rindan ham maxrum bo'ldi. Bobur Vajiyev sof g'alaba bilan bronza medalini qo'lga kiritdi.   

Final barcha raqiblaridan ustun kelgan Tillovov hamda Subhonov o'rtasida kechdi. Yakunda terma jamoa azosi bejizga tarkibda emasligini isbotladi. Tilovov -66kg vazn toifasida Respublika chempioniga aylandi. Rahim Subhonov kumush medali bilan kifoyalandi.

Kamron Hasanov tayyorladi


Birinchi kunning g'olib va sovrindorlari ro'yxati birozdan so'ng etiboringizga havola qilinadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
21 dek 23:27:45
Golden Castle
Xafa bo'lmanglarkuya, lekin juda ko'p imloviy yozasizlar. Xuddi savodsizlarcha !!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing