22 dek 11:02
Yangiliklar
Dzyudo. Moskvadan xushxabar kelishni boshladi
O'z tarixida sakkizinchi bor tashkil etilgan “Nosov Cup” xalqaro musobaqasida qizlar 2006-2008, o'g'il bolalar esa 2006-2007, 2008-2009, 2010-2011 yil yosh toifasida bahslarga kirishishgan.
“Triumf” sport saroyi mezbonlik qilayotgan turnirda O'lmas Gulliev murabbiyligidagi o'zbekistonlik 10 nafar yosh dzyudochi ham ishtirok etyapti. Musobaqaning birinchi kuni -38 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Inoyat Telmonov bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Bugun qolgan dzyudochilarimiz ham o'z vazn toifalarida tatamiga chiqishadi. Gulliev shogirdlari o'tgan yilgi ushbu turnirda jamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritishgan edi.
Musobaqaga yo'l olgan tarkib:
-30 kg: Bilolbek Bekzodov
-28 kg: SHarofiddin Rahmonov
-34 kg: Sarvar Alijonov
-38 kg: Inoyat Telmonov, Azamat Kalmurzaev
-42 kg: SHohjahon Muqimov, Sarvar Abdualimov
-50 kg: Inomjon Bahodirov, Sarvarbek Qayumov
+60 kg: Fazliddin Rafiqov
Murabbiy - O'lmas Gulliev
O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar