So’nggi yangiliklar

09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0

11 okt 17:58
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Muzaffar To'raboev - jahon chempioni!

Toshkentda dzyudo bo'yicha 35-jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun, 11 oktyabr kuni ikki nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib bordi. Erkaklar o'rtasida -100 kg vazn toifasida Muzaffarbek To'raboev, ayollar o'rtasida esa -78 kg vaznli Irisxon Qurbonboeva yurtimiz sharafini himoya qildi. 

Quvonarlisi, -100 kg vazn toifasida Muzaffarbek To'raboev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan holda, oltin medalga sazovor bo'ldi. 

Bu O'zbekiston uchun mazkur JCHdagi ikkinchi oltin bo'ldi. Kecha, Davlat Bobonov -90 kg vaznda oltin medalni qo'lga kiritib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgandi. 




Sportchilarimizning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali onlayn ravishda kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


To'raboev finalda kanadalik Kayl Reyesga qarshi kurashdi va Golden Score'da g'alabaga erishdi! OLTIN MEDAL! TO'RABOEV - JAHON CHEMPIONI!


Muzaffarbekning kanadalik raqibga qarshi finali boshlanishiga oz qolmoqda!


Endi To'raboev finalda kanadalik Kayl Reyesga qarshi kurashadi. Mazkur bahs taxminan 17:40 dan so'ng boshlanadi. 


Muzaffar To'raboev yarim finalda niderlandiyalik Maykl Korrelni IPPON evaziga mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi!


To'raboev yarim finalda niderlandiyalik Maykl Korrelga qarshi kurashadi. Mazkur bahs taxminan 14:30 dan so'ng boshlanadi.


To'raboev kanadalik raqibini IPPON evaziga mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi.


To'raboevning navbatdagi raqibi kanadalik SHadi Elanas bo'ladi. Ushbu bahs taxminan 13:50 dan so'ng boshlanadi.


-100 kg vaznli hamyurtimiz Muzaffarbek To'raboev uchinchi bosqichda gruziyalik Varlam Lipartelianiga qarshi kurashdi va ikkita vazari evaziga g'alaba qozondi. CHorak final!


-78 kg vazn toifasida hamyurtimiz Irisxon Qurbonboeva JCHdagi ilk jangini polshalik raqibasiga qarshi o'tkazdi va Golden Score'da yutqazdi. 


JCHdagi ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshlagan -100 kg vaznli Muzaffarbek To'raboev amerikalik raqibidan ustun keldi va keyingi davraga yo'l oldi. 


Dzyudochilarimiz JCHni quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi: 

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Bita Pasut-Klojko (Polsha)

-100 kg: Muzaffarbek To'raboev - L.A. Smit (AQSH)

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
11 okt 13:17:50
.Sherzod.
Muzaffar Turaboev agar adashmasam Kurash bo‘yicha birinchi jaxon chempioni Surxandaryolik Toshtemir polvonni o‘g‘li bo‘ladi xali yosh vatan sharafini munosib ximoya qiladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing