So’nggi yangiliklar

13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0

20 dek 11:10
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo olamida yil yakunlari sarhisob qilindi. Davogarlar orasida hamyurtimiz ham bor edi

Teglar :  DzyudoIJF
Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) 2021 yil yakunlari bo'yicha o'z xulosalarini elon qildi.

Unda bir qator yo'nalishlarda yil laureatlari aniqlab olindi. Ko'pchilikning diqqat-etiborida yilning eng yaxshi erkak va ayol sportchisiga nomzodi qo'yilgan dzyudochilar bo'ldi. 

Yakunda eng yaxshi erkak dzyudochi yo'nalishida bu yil jahon chempionligi va Tokio-2020 kumush medalini qo'lga kiritgan gruziyalik Lasha SHavdatuashvili, ayollar toifasida jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 chempioni kosovolik Distriya Krasniki g'alaba qozondi. 

Bu yil hamyurtimiz Diyora Keldiyorova porlayotgan yulduz yo'nalishidagi nomzodlar qatoriga kiritilgan edi. Biroq g'oliblik boshqa bir gruzin polvoniga nasib etdi. 

SHu va boshqa yo'nalishlardagi g'oliblar:

Eng yaxshi erkak dzyudochi: Lasha SHavdatuashvili

Eng yaxshi ayol dzyudochi: Distriya Krasniki

Yil ipponi: Italiyalik Angelo Pantano (-60 kg) Zagreb Gran-prisida niderlandiyalik Emiel Yaring ustidan qozongan g'alabasi

Yil voqeligi: JCH finalida +78 kg vazn toifasi finalida g'alaba qozongan yaponiyalik Sara Asaxina jarohat olgan hamyurtini elkasiga olib tatamidan olib chiqib ketishi

Porlayotgan yulduz: Iliya Sulamanidze (Gruziya)

Eng yaxshi murabbiy: Driton Kuka (Kosovo)

Dzyudo tinchlik uchun: Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida +78 kg vazn toifasidagi Taxani Al Qahtoni (Saudiya Arabistoni) / Raz Xershko (Isroil) bellashuvi

Dzyudo bolalar uchun: “Judo kilis” loyihasi

Jamoat qahramoni: Sabrina Filcmozer (Avstriya)

Reyting: +1   

Fikrlar

   
20 dek 11:35:21
.Sherzod.
Keldiyorova oxirgi Dubay Grand prisini yutganida bu nomga loyiq bo‘lar edi afsuski birinchi bosqichdanoq yutqazib imloniyatlarini tushurib yubordi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing