So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

14 mar 08:36
Yangiliklar

Dzyudo, Tadbirlar

Dzyudo. Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik masalasi muhokama etildi

Milliy olimpiya qo'mitasi binosida O'zbekistonda dzyudo federaciyasi va viloyat bo'limlari vakillari ishtirokida katta yig'ilish o'tkazildi.

Unda shuningdek, Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi. 

Yig'ilishda Osiyo va Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni, xalqni sportga qiziqtirish, istedodli sportchilarni terma jamoalarga jalb etish, tizimda uchrayotgan muammolarni hal etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Bundan buyon dzyudo bo'yicha har bir viloyatning o'z terma jamoasi bo'ladi. Ommaviylikni oshirish maqsadida viloyatlar terma jamoalari o'rtasida Respublika miqyosida turnirlar tashkil qilinadi. Milliy Olimpiya qo'mitasi Prezidenti bundan buyon Olimpiya zaxiralari kollejlarining sport yo'nalishlariga o'z sportining mutaxassislari qabul qilishi haqida aytib o'tdi.

“Endi Olimpiya zaxiralari kollejidagi dzyudo fakultetiga kim o'qishga kirayotganini o'sha kollej direktori emas, terma jamoa bosh murabbiyi shaxsan nazorat qiladi. CHunki, ular bizning asosiy zaxiramizdir. Terma jamoamiz uchun nomzodlar o'sha erda bo'ladi” – dedi Umid Ahmadjonov.

Yig'ilishda may oyida viloyat terma jamoalari o'rtasidagi musobaqa boshlanishi haqida malum qilindi. Qolaversa, viloyat bo'limlari mutasaddilari tomonidan dzyudo bilan shug'ullanish uchun baza kerakligi, shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi aytildi. 

“Respublika miqyosidagi musobaqalarda eng past natijalar Sirdaryo viloyati sportchilarida ekan. Nima qilsak viloyatda dzyudoni rivojlantirib yubora olamiz? Sportning ushbu turi rivojlanib, raqobat yuzaga kelishi uchun nima qilishimiz kerak? Tatami kerak bo'ladimi? Sirdaryodan kimni Olimpiya o'yilariga, Osiyo o'yinlariga olib borsak bo'ladi? Qanday musobaqalar tashkil etilishi lozim? Bu borada Siz mutaxassislardan takliflarni kutaman”, - dedi Umid Ahmadjonov Sirdaryo viloyati bo'limi vakillariga qarata.

Uchrashuv davomida dzyudo federaciyasi tomonidan poytaxtda seminar tashkil qilinishi rejalashtirilayotgani malum qilindi. Ushbu seminarda viloyat murabbiylari bir hafta davomida ishtirok etib, malaka oshiradilar.

MOQ rahbarining malum qilishicha, asosiy etibor Olimpiya sport turlariga qaratiladi. Kerak bo'lsa, milliy va belbog'li kurash, sambo kabi sport turlaridan dzyudoga sportchilar yo'naltiriladi. 

SHuningdek, bundan buyon terma jamoa tarkibida raqobatni kuchaytirish maqsadida har bir vazn toifasidan to'rt nafar sportchi tanlab olinadi. Osiyo o'yinlariga qadar ular qatiy tartib asosida muntazam o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etadi. Yakunda esa ular orasidan eng kuchlisi avgust oyida Indoneziyada o'tkaziladigan Osiyo o'yinlarida O'zbekiston sharafini himoya qiladi.

Uchrashuvda Olimpiya o'yinlari sovrindori, jahon chempioni Rishod Sobirovdan ham bu masaladatakliflar so'raldi. O'zbek dzyudosi afsonasi yurtimizda dzyudoni rivojlantirish bo'yicha o'z takliflarini bildirdi. 

O'z navbatida, bundan buyon terma jamoa sportchilari uchun qatiy tartib joriy etilishi takidlab o'tildi. Ularning kun tartibi belgilab beriladi. O'z vaqtida mashg'ulotini o'tkazib, dam olish vaqtigacha qatiy nazorat qilinishi aytildi. Ayollar terma jamoasi uchun esa alohida dastur ishlab chiqiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing