06 fev 13:06
Yangiliklar

Dzyudo. Parij "Katta Dubulg'a" turnirida ikkita medal qo'lga kiritildi
Ikki kun davomida sayyoramizning 5 qitasi 84 davlatidan jami 522 (317 erkak, 205 ayol) nafar dzyudochi musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdilar.
Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasining 7 nafar dzyudochisi Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg), Sardor Nurillaev, Bobur Vadjiev (ikkisi ham -66 kg), Murodjon Yo'ldoshev (-73 kg), Muzaffarbek To'raboev (-100 kg), Alisher Yusupov, SHohruxxon Baxtiyorov (ikkisi ham +100 kg) ham o'z mahoratlarini namoyish etishdi.
Yakunda hamyurtlarimizdan Kamoliddin Baxtiyorov va Alisher Yusupov Parij "Katta Dubulg'a" turniri bronza medali hamda qimmatli 500 reyting (Olimpiada-2024 uchun 250 ball) ochkosini qo'lga kiritishdi.
Fikrlar