So’nggi yangiliklar

13:09Волкановски: "Мен энг кучлиси билан жанг қилмоқчиман. У - Евлоев" 0 12:41Дана Уайт: "У оғир вазн чемпиони бўлса, барча даврларнинг энг буюк жангчисига айланади" 0 12:17UzChess Cup III. Шов-шув кўтарган Мадаминовда кетма-кет иккинчи мағлубият, Воҳидов пешқадам! 0 11:53Ўртоқлик ўйини. ЖЧ-2026`даги рақибимиз Нигерияни мағлуб этди 0 11:27Ўсмирларимиз Almaty Cadet Asian Cup 2026 турнирида 26 та медаль билан биринчи бўлишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:59Нурсултон Рўзибоев: "Қирғизистон ва Тожикистон ММА жангчиларининг даражаси бизникилардан баландроқ" 0 10:34Вьетнам уруши фахрийлари Оқ уйдаги UFC турнирини бекор қилишга уринмоқда 0 10:06Жаҳон чемпионатида ҳакамлар қанча маош олади? 0 09:37Пара дзюдо бўйича Ўзбекистон кубогига старт берилди 0 08:50Учта вазнда собиқ жаҳон чемпиони бўлган боксчи Муроджон Аҳмадалиевга жанг таклиф қилди 0 08:24Маҳмуд Мурадов иккитагина жанг орқали миллион доллар ишлаб олиш имкониятини қўлга киритди 0 07:53Тарихий мундиал. Бугун биз кутган ЖЧ-2026`га старт берилади 0 07:21Кун суратлари: Оқ уй ёнида октагон ўрнатилди 0 18:45Азат Максум ACA билан шартнома имзолади 0 18:11Конорга спарринг шерик бўлган ҳамюртимиз нуфузли ММА Лигаси билан шартнома имзолади 0

28 avg 18:01
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo qaytmoqda, xalqaro restart musobaqasi malum

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) uzoq davom etgan karantindan keyingi xalqaro musobaqalar restartini elon qildi.

Unga ko'ra, 23-25 oktyabr kunlariga belgilangan Budapesht "Katta Dubulg'a" turniri bilan IJF taqvimidan o'rin olgan musobaqalar boshlanadi. Keyingi musobaqa - Tokio "Katta Dubulg'a" turniri bo'lib, 11-13 dekabr kunlariga mo'ljallangan. Hozircha rasman tasdiqlangan va elon qilingan uchinchi turnir bu Qatar "Masters" musobaqasi bo'lib, 2021 yilning 8-10 yanvar kunlari Doha shahrida o'tkaziladi. Har uchchala musobaqa ham Tokio Olimpiadasiga muhim reyting ochkolarini berishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. 

IJF prezidenti Marius Vizer bu haqida o'z fikrini bildirdi:

"Bosqichma-bosqich biz faoliyatimizni tiklab boramiz. Bugungi dunyodagi pandemik vaziyat har bir mintaqa va davlatda turlicha. SHuni inobatga olgan holda musobaqalarni nisbatan xavfsizroq mamlakatlarda o'tkazishni lozim topdik. Birinchilardan bo'lib Vengriya musobaqani o'tkazishga tayyorligini bildirdi. Oktyabr oyining so'nggi o'n kunligida biz Budapeshtda "Katta Dubulg'a" turnirini o'tkazamiz. Sportchilar, murabbiylar va hakamlarning salomatligi hamda xavfsizligini taminlash uchun barcha say-harakatlar amalga oshiriladi. Hukumat bunga kafolat ham berdi. Biz tomonimizdan bunga javobgar maxsus ishchi guruh ham tuziladi. Ha, juda qiyin davrni boshdan o'tkazyapmiz. Lekin unutmang, biz birgalikda kuchmiz!".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing