25 okt 21:16
Yangiliklar
Dzyudo restarti kutilgan natijani bermadi
Afsuski, uzoq muddatli karantin davridan keyin o'tkazilgan mazkur restart turniri biz uchun omadsiz keldi.
Bugun og'ir vaznli polvonlarimiz kurash olib borishdi. Biroq uzoq muddatli tanaffus vakillarimizning harakatida o'zining tasirini ko'rsatmay qolmadi. Davlat Bobonov (-90 kg) hamda Bekmurod Oltiboev (+100 kg) ettinchi pog'onada musobaqani yakunlashgan bo'lsa, Muhammadkarim Xurramov (-100 kg) ikkinchi davradayoq turnir bilan xayrlashdi.
SHu tariqa musobaqadagi eng yaxshi ko'rsatkichimiz beshinchi pog'ona bo'lib, bu dastlabki kunda -66 kg vazn toifasida kurashgan Sardor Nurillaevning ko'rsatkichidir. SHunday bo'lsa ham vakillarimiz Tokio Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni o'z hisoblariga yozib qo'yishmoqda.
Fikrlar