23 jan 13:19
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Sardor Nurillaev Gran-pridagi ishtirokimizni g'alaba bilan boshladi
Isroilning Tel-Aviv shahrida mavsumning ilk IJF musobaqasi boshlandi.
Xabar berganimizdek, Tel-Aviv Gran-prisida O'zbekiston terma jamoasining 13 nafar dzyudochisi ham ishtirok etadi. Hamyurtlarimizning ishtirokini -66 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Sardor Nurillaev boshlab berdi. Polshalik Matey Polyakka qarshi tatamiga chiqqan yurtdoshimiz Evropa chempionati sovrindorini ippon bahosi evaziga mag'lub etdi.
Nurillaevning ikkinchi bosqichdagi raqibi dominikanlik Vander Matteo bo'ladi. Bu dzyudochi ikkinchi davraga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olgan.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar