16 apr 12:24
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochi qizlarimiz finalda, yana ikki vakilimiz bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Xitoyning Ordos shahrida boshlangan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kungi saralash bahslari yakuniga etdi.
Quvonarlisi, bugun kurashga kirishgan har ikki dzyudochi qizimiz - Laziza Haydarova (-48 kg) va Sita Kadambaeva (-52 kg) final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Samariddin Qo'chqorov (-60 kg) va Zamohshari Bekmurodov (66 kg) esa kechki dasturda bronza medali uchun tatamiga chiqadi.
Final bosqich bahslari bizning vaqt bilan soat 13:00da boshlanadi.
Oltin medal uchun:
-48 kg: Laziza Haydarova — Jamsran Anudari (Mo'g'uliston)
-52 kg: Sita Qadamboeva — Nandin-Erdene Myagmarsuren (Mo'g'uliston)
Bronza medal uchun:
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov — SHerzod Davlatov (Qozog'iston)
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov — Kim CHan Nyong (Koreya Respublikasi)

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar