22 okt 08:31
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Abu-Dabi "Katta Dubulg'a" turniriga yo'l olishdi
Ushbu musobaqada ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi bugun tong saharda Amirliklarga yo'l oldi. Erkaklar terma jamoasi to'liq, ayollar esa uchta vazn toifasida turnir medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Malumot uchun, Abu-Dabi turniri g'oliblari o'z hisoblariga 1000 reyting ochkosini qo'shib qo'yishadi. Kumush medal sohiblari 700, bronza medal egalari esa 500 reyting ochkosiga ega bo'lishadi.
Terma jamoa tarkibi:
Erkaklar:
-60 kg: SHarofiddin Lutfullaev, Diyorbek O'razboev
-66 kg: Sardor Nurillaev, SHahram Ahadov
-73 kg: Hikmatilloh To'raev
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev, Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov, SHerali Jo'raev
+100 kg: Alisher Yusupov, Bekmurod Oltiboev
Ayollar:
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Nodira Yo'ldosheva
Fikrlar