So’nggi yangiliklar

13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0

26 okt 12:09
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochilarimiz Abu-Dabi turnirining uchinchi kungi bahslarini boshlashdi

Bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir yakunlanadi.

Bugun nufuzli musobaqaning uchinchi kunida O'zbekiston terma jamoasining olti nafar azosi tatamiga chiqadi. Umuman olganda, bugun erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar esa -78 hamda +78 kg vazn toifalarida turnir medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun bellashishadi. 

-90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Davlat Bobonov ilk davrada Jahon kubogi sohibi, shu yili o'tkazilgan Monreal Gran-prisi g'olibi slovakiyalik Milan Rendlni mag'lub etishni uddaladi. Uning ikkinchi bosqichdagi raqibi qirg'izistonlik Erlan SHerov bo'ladi. 

-100 kg vazndagi dzyudochimiz Muhammadkarim Xurramov esa yoshlar o'rtasida jahon chempioni, o'tgan yigi Abu-Dabi "Katta Dubulg'a" turniri bronza, Budapesht Gran-prisining kumush medallari sohibi, germaniyalik Karl-Rixard Freydan ustun keldi. Hurramov ikkinchi davrada gollandiyalik Mikael Korrelga qarshi tatamiga chiqadi. 

Afsuski, ushbu vazn toifasidagi ikkinchi vakilimiz SHerali Jo'raev ilk bellashuvida rossiyalik kuchli raqib, shu yili Minsk shahrida o'tkazilgan Evropa O'yinlari g'olibi, Ekaterinburgda o'tgan "Katta Dubulg'a" turniri chempioni, o'tgan yilgi Antaliya Gran-prisining kumush medali sovrindori Arman Adamyanga yutqazib qo'ydi. 

Malumot uchun, Abu-Dabi turniri g'oliblari o'z hisoblariga 1000 reyting ochkosini qo'shib qo'yishadi. Kumush medal sohiblari 700, bronza medal egalari esa 500 reyting ochkosiga ega bo'lishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing