10 may 13:02
Yangiliklar
Dzyudo

Dzyudochilarimiz afsonaviy "Tigr" tanklariga qarshi jang qilgan Midjohid otani ziyorat qilishdi
O'zbekiston dzyudo federaciyasi Surxondaryo viloyati bo'limi tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ziyorat qilindi.
Jumladan, dzyudochilarimiz bayram kuni Termiz shahrida yashovchi, 1926 yilda tug'ilgan Xodiev Midjohid otaning xolidan xabar olishdi. Suhbat davomida Midjohid ota qonli urush yillari haqida gapirib berdilar. Ota Vengriyada nemis fashistlarining afsonaviy "Tigr" tanklariga qarshi kechgan jangda chap oyoqlaridan ayrilganlari, gospitalda yotganlarida ularga 3-darajali "SHuhrat" ordeni berishganini takidladilar.
"Yigirma milliondan ziyod shahid ketganlarning ruhi jonsarak. Urush dahshatlari biz bilan ketsin. Yangi avlod murodu maqsadiga etsin", - deya suhbatga yakun yasadilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 94 yoshli Midjohid ota Xodiev.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar