08 apr 17:26
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz Almatida shoxsupaga ko'tarilishdi
5-7 aprel kunlari Qozog'istonning Almati shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasida xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
Aleksandr Patokin xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan ushbu ananaviy musobaqada 2002-2003 yillarda tavallud topgan dzyudochilar ishtirok etishdi. O'g'il bolalar -46, -50, -55, -60, -66, -73, -81, -90 hamda +90 kg vazn toifalarida bellashishdi.
Qizlar esa -40, -44, -48, -52, -57, -63, -70 va +70 kg vaznda medallar uchun tatamiga chiqishdi. Ular orasida besh nafar o'zbekistonlik dzyudochilar ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi.
Yakunda ulardan ikki nafari shoxsupaga ko'tarildi. Finalga qadar mag'lubiyatsiz etib kelgan Bunyod Japarbergenov (-90 kg) kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Anastasiya Leflyanskaya (-63 kg) bronza medalga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar