08 may 17:23
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz "Evro Osiyo Kubogi"ning ilk kuni 3 ta medalga ega chiqishdi + FOTO
Rossiyaning Orenburg shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasida "Evro Osiyo Kubogi" turniri davom etmoqda.
Ikkinchi bor tashkil etilayotgan xalqaro musobaqada Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlaridan kelgan yosh dzyudochilar medallar uchun tatamiga chiqyaptilar. Turnir 2006-2008, 2009-2010, 2011-2012 hamda 2013-2014 yillarda tavallud topgan dzyudochilar o'rtasida o'tkazilyapti.
"Evro Osiyo Kubogi"da o'zbekistonlik 9 nafar dzyudochi yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Ularda uch nafari musobaqaning birinchi kuni shohsupaga ko'tarildi. -46 kg vazndagi dzyudochimiz Muhammadjon Muhammadiev kumush, SHarofiddin Rahmonov (-34 kg) va Muzaffar Tursunov (-38 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar