So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

20 may 10:38
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochilarimiz Evropa Ochiq kubogida kuchli to'rtlikdan joy olishdi

Rossiyaning Orenburg shahrida dzyudo bo'yicha Evropa Ochiq kubogi bo'lib o'tdi.

European Judo Cup Orenburg 2019 musobaqasida Evropa, Osiyo va Afrika qitalarining jami 24 ta davlatidan ko'zga ko'ringan dzyudochilar tatamiga chiqishdi. 

Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining 7 nafar azosi ham o'z imkoniyatini namoyish etdi. Orenburg tatamilarida Doston Ro'ziev (-60 kg), Muso Sobirov, SHoxruh Yusupov (ikkisi ham -81 kg), Erbol Rustamov, Alisher Yusupov (ikkisi ham +100 kg), Kimyo Marasulova (-48 kg) hamda Nodira Yo'ldosheva (-78 kg) yurtimiz sharafini himoya qilishdi. 

Quvonarlisi, ulardan ikki nafari yakunda shoxsupaga ko'tirildi. +100 kg vazn toifasidagi polvonimiz Alisher Yusupov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Alisher rossiyalik Aleksandr Dzucev, slovakiyalik Vito Dragich, yana bir mezbon sportchi Aleksandr SHalimov hamda final bellashuvida tatami egasi Alan Digurovni mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu vazn toifasida bellashgan yana bir hamyurtimiz Erbol Rustamov esa bronza medali uchun kechgan bahsda rossiyalik Aleksandr Pershinga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Terma jamoamizga ikkinchi medalni Muso Sobirov taqdim etdi. -81 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Muso bronza medali uchun kechgan bahsda rossiyalik Sergey Skorobogatovdan ustun ekanligini amalda isbotladi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi 24 davlat orasida umumjamoa hisobida 1 tadan oltin va bronza medali bilan 4-o'rinni egalladi. O'nta oltin, 8 ta kumush, 14 ta bronza medalini qo'lga kiritgan Rossiya terma jamoasi katta farq bilan birinchi bo'ldi. Kuchli uchlikdan Belarus va Franciya terma jamoalari joy olishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
20 may 11:01:49
Nuriddin 77
Tushunmadim ikkinchi tarkibmi hammasi yangi nomlar.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing