30 sen 17:53
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz Islom civilizaciya markazi va Zangiota ziyoratgohida bo'lishdi
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari hamda murabbiylar mashg'ulot zalidan birozgina yiroqlashib, madaniy xordiq chiqarishdi.
Avvaliga ular nafaqat yurtimiz, balki ko'pchilik xorijiy mamlakatlar xalqlarining ham tili va dilidan joy olishga ulgurgan Islom civilizaciyasi markazida bo'lishdi. Polvonlarimiz Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bunyod etilayotgan tarixiy markaz binosi bilan tanishar ekanlar, o'zlari uchun boy manaviy ozuqa oldilar.
SHundan so'ng, sportchi va murabbiylarimiz poytaxt viloyatidagi tarixiy qadamjolardan biri hisoblangan Zangiota ziyoratgohida ham bo'lishdi. Albatta, sportchilar uchun bu kabi madaniy xordiq juda ham zarur. Har bir inson o'z o'tmishi, tarixiy ildizlari, madaniy merosini bilishi shart.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar