08 iyu 22:14
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Ispaniya yig'inini yakunlab, Vengriyaga etib borishdi
Farhod To'raev boshchiligidagi dzyudochilarimiz dengiz bo'yidagi Alikante shahrida mashg'ulot olib borishdi. Ushbu xalqaro mashg'ulot yig'inida Yaponiya, Janubiy Koreya, Braziliya, Rossiya, Ukraina, Germaniya, Mo'g'uliston, Xitoy kabi 30 ga yaqin davlat dzyudochilari ham ishtirok etishdi.
Kecha terma jamoamiz delegaciyasi Istanbul orqali Vengriya poytaxti Budapesht shahriga etib olishdi. Dzyudochilarimiz 12-14 iyul kunlari Budapesht shahrida o'tkaziladigan Vengriya Gran-prisida yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Ispaniyadagi yig'in ushbu musobaqaga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi.
Ispaniya yig'inida qatnashgan dzyudochilar:
-60 kg: SHarofiddin Lutfullaev, Kemran Nurullaev
-66 kg: SHahram Ahadov
-73 kg: G'iyosjon Boboev, Obidxon Numonov
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev, Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Yahyo Imomov
-100 kg: SHerali Jo'raev
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
Murabbiylar
Farhod To'raev
Adham Jamolov
O'ktam Rahmonov
Fikrlar