28 may 13:40
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Moskvada chempion bo'lishdi. Finalda Rossiya mag'lub etildi!
Ichki ishlar hamda policiya xodimlari o'rtasida o'tkazib kelinayotgan ushbu musobaqa o'z tarixida 17-marotaba tashkil etilyapti. "Megasport" sport majmuasi mezbonlik qilayotgan ushbu xalqaro turnirda Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyati yuritib kelayotgan O'zbekiston terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Quvonarlisi, Jamshid Fayziev murabbiyligidagi dzyudochilarimiz jamoaviy bahslarda OLTIN medal va Kubokni qo'lga kiritishdi. Hal qiluvchi final bellashuvida mezbon Rossiya terma jamoasi mag'lub etildi.
CHempion tarkibimiz: Bahrom Inoyatov (-66 kg), Timur Xudaykulov, Umid Abdullaev (-73 kg), G'iyosjon Boboev (-81 kg), Rustam Saidov, Farrux Boboev (-90 kg), Faxriddin SHaripov (-100 kg), Dilshod CHoriev, Hamid Otajonov (+100 kg).
Fikrlar