12 fev 09:09
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Parij shahrida qisqa muddatli yig'inga kirishishdi
Ushbu yig'inda O'zbekiston va Franciyadan tashqari bir nechta davlat dzyudochilari ishtirok etyapti. Parij turnirida sovrindor bo'lgan Hikmatulloh To'raev (-73 kg) hamda Sardor Nurillaev (-66 kg) Toshkentga qaytishyapti va tabiiyki ular Dyusseldorf "Katta Dubulg'a" turnirida ishtirok etishmaydi.
Ilias Iliadis boshchiligidagi murabbiylar shtabi bu dzyudochilarimizning o'rnini Muhriddin Tilovov (-66 kg) va SHahram Ahadov (-73 kg) bilan to'ldirishga qaror qildi. Terma jamoamiz delegaciyasi 13 fevral kuni Koloniga yo'l oladi va mashg'ulotlarni Germaniyaning ushbu shahrida davom ettiradi. Reja bo'yicha 20 fevral sanasida yilning ikkinchi "Katta Dubulg'a" turniri o'tkaziluvchi Dyusseldorf shahriga etib boriladi.
Fikrlar