26 may 19:16
Yangiliklar

Dzyudochilarimiz Tashkent Cadet and Junior Asian Cup musobaqasida jami 70 ta medal qo'lga kiritishdi
Muhtasham "Alpomish" muz saroyida yuqori saviyada tashkil etilgan turnirda dunyoning o'ndan ortiq davlatidan jami 835 nafar dzyudochi ikki yosh toifasida medallar uchun bahs olib bordi. Kadetlar o'rtasidagi musobaqada jami 514 (345 o'smir, 169 qiz), yoshlar o'rtasida esa 321 (222 o'g'il bolalar, 99 qizlar) dzyudochi o'zaro bellashdi.
To'rt kun mobaynida bevosita arenadan musobaqani kuzatib borgan Xalqaro dzyudo federaciyasi hamda Osiyo dzyudo ittifoqi mutasaddilari Uchqun Murodov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan Tashkent Cadet and Junior Asian Cup 2025 turnirining tashkiliy jihatlariga yuqori baho berishdi.
Ahamiyatlisi, o'z tarixida yubiley 30-marotaba tashkil etilgan ushbu turnirda O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalari roppa-rosa 70 ta medal qo'lga kiritishdi. Kadetlarimiz 10 ta oltin, 10 ta kumush, 18 ta bronza, jami 38 ta medalga ega chiqishdi. Yoshlarimiz esa O'zbekiston delegaciyasiga 9 ta oltin, 9 ta kumush, 14 ta bronza, jami 32 ta medalni medalni taqdim etishdi.
Fikrlar