30 sen 11:46
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz Tojikiston Prezidenti kubogida ishtirok etishadi
2-5 oktyabr kunlari Dushanbe shahrida dzyudo bo'yicha Tojikiston Prezidenti kubogi uchun musobaqa o'tkaziladi.
Ushbu xalqaro turnirda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Kuni kecha Prezident Farmoniga ko'ra "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi" unvoniga loyiq ko'rilgan Kamol Murodov Dushanbe turniriga 9 nafar dzyudochini olib ketyapti. Musobaqa reglamentiga ko'ra -60, -73 va -100 kg vazn toifalarida bahslar o'tkazilmaydi.
Terma jamoa tarkibi:
-66 kg: Muhriddin Tilovov, Dilshodbek Yo'ldoshev
-81 kg: Suhrob Tursunov, Arslon Tojiev, G'iyosjon Boboev
-90 kg: SHermuhammad Jandreev, Doston Meyliev
+100 kg: Bekmurod Oltiboev, SHohruhxon Baxtiyorov
Murabbiy - Kamol Murodov
SHifokor - Javlon Hasanov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar