14 dek 09:49
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz uchun Cindao “Masters” turniri yakunlandi
Xitoyning Cindao shahrida o'tkazilayotgan “Masters” turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Mukofot jamg'armasi 300 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqa o'zbekistonlik dzyudochilar uchun muddatidan avval yakunlandi. Og'ir vazn toifalarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhammadkarim Hurramov va Bekmurod Oltiboev ikkinchi davrada o'z yurishlarini to'xtatishdi.
-100 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Hurramov shu yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori, gollandiyalik Maykl Korrelga vazari bahosi evaziga imkoniyatni boy berdi. +100 kg vazn bahslarida ishtirok etgan Oltiboev esa bu yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori, Gran-pri va “Katta Dubulg'a” turnirlari g'olibi, yaponiyalik Xisayoshi Xarasavaga yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar