So’nggi yangiliklar

13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0

28 jan 12:53
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochilarimiz uchun psixologik trening o'tkazildi FOTOGALEREYA

Teglar :  DzyudoPsixologiya
Sportdagi yutuq nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki ko'p jihatdan sportchining bellashuv davomida o'z kuchini qanday boshqarishiga bog'liq.

U o'zini qanchalik biladi, qanday sokin va xotirjam tutadi, raqibini eng maqbul daqiqada mag'lub eta olish qobiliyatini aniqlashga qodirmi?

Ong bilan ishlashning ko'plab usullari mavjud, ular yakunda o'zini tuta olishga yordam beradi. Uning asosiy maqsadi ongni o'zidan ajratish tushunchasini joriy etishdir. Yani, sportchi jismoniy holat bilan bir qatorda unga resurs sifatida munosabatda bo'lgan psixologik holatini ham tushunishi va his qilishi kerak. 

O'z kuchini va uni qanday boshqarish kerakligini bilgan holda, kishi eng samarali taktikalarni qo'llashi, shuningdek, jang yoki bellashuvni oldindan rejalashtirishi mumkin.

Yapon amaliyotida qo'llaniladigan yana bir usul mavjud. Bu har bir inson tashqi psixologiya mohiyatiga o'zgalar yordamisiz erishishi mumkin bo'lgan ong bilan ishlash, savollar va kichik vazifalar orqali echim topishdan iborat.

Sportda psixologiya muvaffaqiyatning deyarli yarmi hisoblanadi. Sportchi bahsga jismonan tayyor bo'lishi mumkinki, lekin ruhiyat bilan muammo yuzaga kelsa, natija kutilgan darajada bo'lmaydi. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi shu holatlarni inobatga olgan holda terma jamoa azolari uchun psixologik mashg'ulotlarni yo'lga qo'ydi. 

Bir necha yildan beri aynan sport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali psixolog Lola Agzamova dzyudo bo'yicha O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari bilan birga psixologik mashg'ulot o'tkazdi. Dzyudochilarimiz ushbu treningda katta ishtiyoq bilan ishtirok etishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing