So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

24 sen 09:09
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochilarimiz yangi zamonaviy sport zaliga ega bo'lishdi FOTOGALEREYA

Teglar :  O'zbekistonDzyudo
O'zbekiston dzyudo federaciyasi tashabbusi bilan qisqa fursat ichida bunyod etilgan yangi va shu bilan birga zamonaviy sport zalining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Uch kun davomida poytaxtimiz mezbonligida muvaffaqiyatli tarzda o'tgan Toshkent Gran-prisi yakunlangan kunning ertasigayoq ushbu obektning topshirilishida ham o'ziga xos ramziylik bordek. 

Yodingizda bo'lsa, 4 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida o'tgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo'yicha videoselektor yig'ilishida Davlatimiz rahbari joylarda engil konstrukciyali, yani sendvich-panelli sport inshootlarini qurish bo'yicha ko'rsatma bergan edi. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi birinchilardan bo'lib ana shu ishga qo'l urdi. Qisqa fursat ichida ana shunday engil konstrukciyali mashg'ulot zali bunyod etildi.

 

Ushbu zalning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, vazirning birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, MOQ vice-prezidenti, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, dzyudochilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari hozir bo'lishdi.

Tadbirda so'zga chiqqan Rustam SHoabdurahmonov muvaffaqiyatli o'tgan Toshkent Gran-prisiga alohida to'xtalib, terma jamoamiz dzyudochilarining yakunda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallaganini alohida takidladi. Dilmurod Nabiev esa o'z so'zida yangi bunyod etilgan sport zalidan yangi chempionlar etishib chiqishiga tilak bildirdi. 

SHundan so'ng dzyudochilarimiz yangi sport zalida terma jamoa bosh murabbiy Farhod To'raev boshchiligida ilk mashg'ulotni o'tkazishdi.  

Marosim so'nggida O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov va O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabievga zarbop chopon hamda esdalik nishoni topshirdi.

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing