So’nggi yangiliklar

12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0

03 dek 09:41
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochilarimiz Yaponiyada "Masters"ga tayyorgarlik ko'rishyapti FOTOREPORTAJ

SHu kunlarda terma jamoamizning birinchi va ikkinchi raqamli dzyudochilari Yaponiyaning Osaka shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishyapti.

Mashg'ulotlarda beshta davlat - Yaponiya, Gruziya, Braziliya, Ukraina va O'zbekiston dzyudochilari ishtirok etyapti. Qo'shma xalqaro yig'in barcha mamlakat terma jamoasi dzyudochilariga 12-14 dekabr kunlari Xitoyning Cindao shahrida o'tkaziladigan "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. 

Terma jamoamiz azolari Olimpiada va jahon chempioni Ilias Iliadis hamda Bekzod To'raboev boshchiligida mashg'ulot o'tkazishyapti. Yig'inda SHarofiddin Lutfullaev, Diyorbek O'razboev, Hikmatulloh To'raev, Kamoliddin Rasulov, Davlat Bobonov, Bekmurod Oltiboev, Alisher Yusupov, Muhammadkarim Hurramov singari dzyudochilarimiz ishtirok etishmoqda. 

Eslatib o'tamiz, bir hafta avval O'zbekiston terma jamoasi aynan Osaka shahrida o'tgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirda qatnashib, bittadan kumush va bronza medaliga ega chiqqandi. -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Davlat Bobonov musobaqaning kumush medali hamda 700 reyting ochkosini qo'lga kiritgan, +100 kn vazndagi dzyudochimiz Alisher Yusupov esa bronza medaliga sazovor bo'lish barobarida o'z hisobiga 500 ochkoni qo'shib qo'ygan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing