02 iyu 16:17
Yangiliklar
Dzyudo

Dzyudochilarimizning Jahon chempionatiga tayyorgarligidan FOTOREPORTAJ
13-20 iyun kunlari Vengriyaning Budapesht shahri kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Ayni paytda O'zbekiston ayollar terma jamoasi poytaxt viloyatining Dukent shaharchasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan bo'lsa, erkaklar jamoamiz Toshkentda tayyorgarlikka zo'r berishgan.
Xususan, bugungi mashg'ulotlarda asosiy etibor dzyudochilarning jismoniy tayyorgarligiga qaratildi. Aleksandr Budolin boshchiligidagi murabbiylar terma jamoamiz azolarini jahon chempionati kunlariga yuqori sport formasida tayyorlashga astoydil harakat qilishyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar