20 iyu 08:36
Yangiliklar
Dzyudochimiz Aktauda o'tgan Osiyo Ochiq chempionati sovrindori bo'ldi
Musobaqada Rossiya, Eron, Janubiy Koreya, Ispaniya kabi jami 11 davlatdan dzyudochilar ishtirok etdi. Ular orasida o'zbekistonlik dzyudochilar ham medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi. Musobaqa g'olibi 100 reyting ochkosini qo'lga kiritdi.
Hamyurtlarimizdan birgina Doston Meyliev Osiyo Ochiq chempionatining sovrindori bo'ldi. -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Doston bronza medalini qo'lga kiritdi. U bronza medali uchun kechgan bellashuvlarda Qozog'iston va eronlik raqiblarini mag'lub etdi.
Musobaqa yakunida 7 ta oltin, 8 ta kumush, 10 ta bronza medalini qo'lga kiritgan Rossiya terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. To'rtta oltin, 2 ta kumush, 10 ta bronza medaliga ega chiqqan qozog'istonlik dzyudochilar ikkinchi, 2 ta oltin va 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lgan koreyaliklar uchinchi o'rinni band etishdi.
Fikrlar